"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Andres Inyesta murabbiylik faoliyatidagi kelajak rejalari haqida gapirdi.
Ayni paytda 42 yoshli mutaxassis BAA ikkinchi ligasida ishtirok etadigan "Galf Yunayted" klubini boshqarmoqda.
— Kelajakda "Barselona"ni boshqarishni istarmidingiz?
"Bu ajoyib bo‘lardi, ammo hozir bu haqda o‘ylay olmayman...
Men futbolchi bo‘lishni istardim. Bolaligimda "murabbiy bo‘lishni xohlayman", demasdim. Men professional futbolchi bo‘lishni, "Barselona"da o‘ynashni va asosiy jamoa bilan muvaffaqiyatga erishishni xohlashimni aytardim.
Bu maqsadlar men uchun mutlaqo aniq edi va ulardan chekinishni istamasdim.
Hozir esa butunlay boshqa jarayon ketmoqda. Keyin nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Ammo, albatta, ehtimoliy murabbiy sifatidagi ushbu dastlabki bosqich menga yoqyapti", — dedi Inyesta.













