«Real»ning sobiq futbolchisi Ipolito Rinkon Vinisiusning mavsum boshidagi o‘yiniga baho berdi.
Veteran braziliyalik futbolchini tanqid qildi. Mutaxassis vinger zaxiraga o‘tishi kerak, deb hisoblaydi.
«Asosiy tarkibdagi o‘ringa maoshi bilan emas, maydondagi o‘yini bilan erishish kerak. Vinisius yiliga 25 million yevro olayotgani uchun albatta o‘ynashi shartmi?! Yo‘q, men uni zaxiraga o‘tqizgan bo‘lardim», — deya Rinkonning so‘zlarini Cope keltirmoqda.
Vinisius yozda «Real» bilan yangi shartnoma imzoladi. Braziliyalik futbolchi klubini almashtirishi mumkin edi. Vingerga «Arsenal» qiziqish bildirgan. Biroq Vinisius Madridda qolishni istadi.













