"Bornmut" hujumchisi Eli Junior Krupi oyoq jarohatidan so‘ng 25 oktyabr kuni safga qaytishi kutilmoqda. Aynan shu kuni "Bornmut" "Old Trafford"da "Manchester Yunayted" mehmoni bo‘ladi, deya xabar beradi L'Equipe.
Iyul oyi oxirida jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan 20 yoshli futbolchi shu hafta oxirida mashg‘ulot maydoniga qaytdi. U yugurish mashqlari va kichik maydondagi o‘yinlarni navbatma-navbat bajarmoqda.
Klub uning tiklanish jarayonida hech qanday tavakkal qilmoqchi emas. Biroq hozirgi rejaga ko‘ra, Krupining qaytishi "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Krupi o‘tgan mavsumda Angliya Premyer-ligasida 33 ta uchrashuvda 13 ta gol urib, o‘zini yorqin namoyon qildi. Unga "Arsenal" va "Barselona" qiziqish bildirmoqda.
Yosh hujumchi kelajakda Yevropaning top-klublaridan biriga o‘tishni maqsad qilgan.













