Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoaning Millatlar ligasidagi so‘nggi uchta uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"Hozircha atigi uchta o‘yin o‘tkazdik va oldimizda yana bitta uchrashuv bor. Yig‘in yakunlanmaguncha ijobiy baho bermaymiz yoki to‘liq tahlil qilmaymiz.
Oldimizda yana bir o‘yin bor va biz yana yuqori daraja hamda to‘g‘ri kayfiyatni namoyish etishimiz kerak. Agar xuddi shu yo‘nalishda harakat qilishda davom etsak, yaxshi bo‘ladi. Chunki uchala uchrashuv ham yuqori saviyada o‘tdi", — dedi Tuxel matbuot anjumanida.
Angliya terma jamoasi ushbu xalqaro tanaffusdagi so‘nggi uchrashuvini Chexiyaga qarshi o‘tkazadi. Millatlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan bahs 6 oktyabr kuni O‘zbekiston vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.













