Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe Madridga yetib keldi va La Liganing 8-turidan o‘rin olgan "Vilyarreal"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etishga tayyor bo‘ladi. Bu haqda AS nashri El Chiringuito dasturiga tayanib xabar berdi.
Uchrashuv O‘zbekiston vaqti bilan esa 11 oktyabr soat 00:00 da boshlanadi.
Mbappe joriy xalqaro tanaffusda Fransiya terma jamoasining to‘rtta o‘yinidan birinchisi — Turkiyaga qarshi 1:0 hisobidagi bahsda jarohat olgan va almashtirilgan edi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchini olib kelgan samolyot Madrid aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 11:16 da qo‘ngan. "Real"ning mashg‘uloti esa soat 10:30 da boshlangani uchun Mbappe unda ishtirok etmadi. Biroq uning yaqin soatlarda klub bazasiga yetib borishi kutilmoqda.
Avvalroq Mbappe tibbiy tekshiruvdan o‘tgan va unda chap tizzaning orqa kapsulasi giperekstenziyasi aniqlangan.
Forvard o‘tgan mavsumda aynan shu tizzasining bog‘lamlaridan jiddiy jarohat olgani sabab klubda xavotir paydo bo‘lgan. Ammo bu safargi muammo jiddiy emasligi ma’lum bo‘ldi.













