Angliya terma jamoasi darvozaboni Jordan Pikford xavfli transport boshqargani bo‘yicha o‘z aybini tan oldi.
Hodisa bahorda, 14 aprel kuni sodir bo‘lgan. Lamborghini avtomobilini boshqarayotgan Pikford "Yo‘l ber" belgisi talabiga amal qilmagan.
Buning oqibatida yo‘lda xavfli vaziyat yuzaga kelgan va ikki avtomobil keskin tormoz berishga majbur bo‘lgan. Pikford esa yuqori tezlikda harakatlanib, voqea joyidan uzoqlashgan.
Mirror nashri xabar berishicha, futbolchi unga qo‘yilgan ayblov bo‘yicha aybini tan olgan. Pikford bu haqda tegishli ariza yozgan va o‘zini himoya qilish uchun voqea tafsilotlarini bayon etish maqsadida sud majlisida shaxsan ishtirok etish istagini bildirgan.
Ushbu ish ko‘rib chiqiladigan sud majlisi 7 dekabrga ko‘chirildi.













