Kirish Ro'yxatdan o'tish

Janubiy Koreya ustozi: “O‘zbekistonni o‘zimizdan kuchsiz deb hisoblasak, o‘sha zahotiyoq yutqazamiz”

Janubiy Koreya ustozi: “O‘zbekistonni o‘zimizdan kuchsiz deb hisoblasak, o‘sha zahotiyoq yutqazamiz”

Baho:
+ | -

Janubiy Koreya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Moreno O‘zbekistonga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Mutaxassis jamoasining tayyorgarligi hamda Fabio Kannavaro shogirdlarining o‘yin uslubi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Moreno O‘zbekiston terma jamoasining so‘nggi uchrashuvlaridagi ajoyib sport formasini alohida e’tirof etib, raqibga yetarlicha hurmat ko‘rsatmaslik qimmatga tushishini ta’kidladi:

“O‘zbekistonning barcha o‘yinlarini, jumladan, Jahon chempionatidagi ishtirokini ham to‘liq tahlil qilib chiqdim. Fabio Kannavaroni juda kuchli mutaxassis deb bilaman. Uning jamoasi asosan 4-4-2 yoki 4-2-3-1 sxemasida harakat qilib, yuqori pressing ostida o‘ynaydi. Ba’zida 4-3-3 taktikasiga ham murojaat qilishadi. Ular qarshi hujumga o‘tishda juda xavfli. Biz boshqa raqiblar kabi O‘zbekistonni ham qattiq hurmat qilamiz. Agar o‘zimizni ulardan ozgina bo‘lsa-da ustun qo‘ysak, o‘sha zahotiyoq mag‘lubiyatga uchraymiz”.

Murabbiy oldingi o‘yinlarda ko‘zga tashlangan kamchiliklar hamda vaqt tig‘izligiga qaramay, buni bahona qilmoqchi emasligini aytib o‘tdi:

“O‘tgan o‘yinda futbolchilarimizning jamoaviy va taktik harakatlari yomon bo‘lmadi. Ammo yakkakurashlar va aniq uzatmalar borasida oqsagan joylarimiz ko‘zga tashlandi. So‘nggi ikki kundagi mashg‘ulotlarda barcha e’tiborni shu xatolarni bartaraf etishga qaratdik. Vaqt tig‘izligi va sharoitlar ideallikdan yiroq ekani bor gap. Biroq mutlaqo bahona qidirmoqchi emasman. Boshqa terma jamoalar ham xuddi shunday holatda o‘ynamoqda. Asosiysi — mavjud vaziyatga tez moslashish va muxlislarimizni xursand qiladigan ijobiy natija ko‘rsatish”.

Ma’lumot o‘rnida, Janubiy Koreya hamda O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 6 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:16, 05.10.2026.
O'qildi: 772 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик