Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xoylund Portugaliyaga qarshi o‘yinda Jezushni nega turtganini tushuntirdi va Ronaldu bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi

Xoylund Portugaliyaga qarshi o‘yinda Jezushni nega turtganini tushuntirdi va Ronaldu bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Daniya terma jamoasi hujumchisi Rasmus Xoylund Millatlar ligasi 3-turida Portugaliyaga qarshi o‘yindan (2:4) keyin Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezushni nega turtganini tushuntirdi. Uchrashuv Kopengagendagi «Parken» stadionida bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, futbolchi milliy jamoadagi hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq vaziyat haqida ham fikr bildirdi.

«Bularning barchasiga sabab — u hatto ko‘zlarimga qarashga ham harakat qilmagani. Menimcha, bu sportga xos bo‘lmagan xulq-atvor. O‘yin oxirida qo‘llarni yaxshilab siqib ko‘rish kerak. U menga sovuqqonlik bilan qo‘l tekkizdi-da, keyin e’tiborsiz qoldirdi. Shuning uchun men unga: “Sen jiddiy gapiryapsanmi?” dedim. Bor-yo‘g‘i shu.

Bilaman, sizlar sarlavha uchun material izlayapsizlar va uni olyapsizlar. Krishtianu — mening buyuk qahramonim ekanini aytishdan qo‘rqmayman. U har doim men uchun juda muhim bo‘lgan. Menimcha, uning mentaliteti ajoyib. Umid qilamanki, Portugaliya va Krishtianu kelishmovchiliklarni hal qila oladi. Chunki, mening fikrimcha, barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi uchun hammasi shu tarzda yakunlanishi achinarli bo‘lar edi», — deya Xoylundning so‘zlarini A Bola nashri keltirdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 21:28, 05.10.2026.
O'qildi: 842 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик