Antonio Konte "Napoli"dagi faoliyatini yakunlaganidan so‘ng nega tanaffus olishga qaror qilganini tushuntirdi.
"Bu ajoyib tajriba bo‘ldi. U juda ko‘p energiya talab qildi va oson kechmadi. "Napoli", "Roma" yoki "Lasio" kabi jamoalar uchun "Inter", "Yuventus" va "Milan"ga qarshi raqobat qilish sayr emas.
Shuning uchun men juda ko‘p kuch sarfladim. Hozir shunday bosqichdamanki, shunchaki sodir bo‘layotgan voqealarni kuzatyapman.
Ishlamayotgan paytingda o‘yinlarni xotirjam tomosha qilish, yangi yondashuvlarni o‘rganish va futboldagi rivojlanishlarni o‘z g‘oyalaringga moslashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi", — deya Konte so‘zlarini keltiradi The Athletic.
Konte "Napoli"ga 2024 yil yozida kelgan edi. Mutaxassisning ilk mavsumida Neapol klubi A Seriya chempioni bo‘ldi.
O‘tgan yozda Konte "Napoli"ni tark etdi.













