"Chelsi"ning sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte N’Golo Kantening London klubiga transferini esladi.
"O‘sha Premyer-liga chempionligini biz favorit bo‘lmagan holda qo‘lga kiritgan edik. Katta transferlar ham qilmaganmiz.
Biz David Luis, Markos Alonso va Kanteni sotib oldik. Klub mendan Kante bo‘yicha ishonchim komilmi, deb taxminan o‘n marta so‘ragan.
U "Chelsi" uchun odatiy futbolchi emasdi — bo‘yi baland va jussali emas edi. Uni birinchi marta ko‘rganimda, jismoniy imkoniyatlari borasida menda ham ayrim shubhalar bo‘lgan.
Ammo uning top-darajadagi futbolchi ekaniga ishonchim komil edi", — deya Konte so‘zlarini keltiradi The Athletic.
Kante 2016 yil yozida "Lester"dan "Chelsi"ga o‘tgan. Fransiyalik yarim himoyachining Londondagi ilk mavsumida Konte jamoasi Angliya chempioni bo‘ldi.
Kante "Chelsi" safida yetti yil to‘p tepdi va 2023 yilda klubni tark etdi.













