"Chelsi" "Barselona" himoyachisi Jyul Kundeni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda El Desmarque xabar berdi.
London klubida Kundening "Barselona" tarkibidagi o‘yin vaqti kamayib borayotgani fransuz futbolchisini sotib olish imkoniyatini oshirishi mumkin, deb hisoblashmoqda.
"Barselona"ga qishki transfer oynasida yangi futbolchilarni xarid qilish uchun mablag‘ bo‘shatish maqsadida Kundeni sotishga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Joriy mavsumda Kunde kataloniyaliklar safida barcha musobaqalarda beshta uchrashuv o‘tkazdi va hozircha gol yoki golli uzatma qayd etmadi.
27 yoshli futbolchining "Barselona" bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi. Uning transfer qiymati 55 million yevroga baholanmoqda.













