Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Arsenal"da asosiy tarkibga kirolmayotgan Madueke ikki grand nishonida

"Arsenal"da asosiy tarkibga kirolmayotgan Madueke ikki grand nishonida

Baho:
+ | -

"Atletiko" va "Yuventus" Angliya terma jamoasi hamda "Arsenal" hujumchisi Noni Maduekega qiziqish bildirmoqda. Futbolchi London klubida asosiy tarkibdan joy ola olmayapti. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

24 yoshli futbolchi joriy mavsumda Angliya Premyer-ligasida "Arsenal"ning birorta ham uchrashuvini asosiy tarkibda boshlamagan. Madueke faqat Angliya Superkubogi va Liga kubogi bahslarida start tarkibidan joy olgan, chempionatda esa zaxiradan maydonga tushgan.

O‘tgan mavsumda Madueke "Arsenal" safida APLning 16 ta uchrashuvini asosiy tarkibda boshlagan. Shu bilan birga, u tizzasidagi jarohat sabab qariyb ikki oy maydonga tusha olmagan.

Joriy mavsumda Xristos Solisning jamoaga kelishi va Maks Doumanning asosiy tarkibga yaqinlashishi ortidan "Arsenal" hujum chizig‘ida raqobat yanada kuchaydi.

Madueke o‘tgan yozda "Chelsi"dan "Arsenal"ga 56 million yevro evaziga o‘tgan edi.

Kiritildi: 22:20, 05.10.2026.
O'qildi: 627 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик