Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Manchini: «Espozito bir necha yildan keyin Vyeri va Tonidan ham o‘tib ketishi mumkin»

Manchini: «Espozito bir necha yildan keyin Vyeri va Tonidan ham o‘tib ketishi mumkin»

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi Turkiya ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng bosh murabbiy Roberto Manchini Franchesko Espozito haqida iliq fikrlar bildirdi. Mutaxassis yosh hujumchini o‘tmishning ikki mashhur forvardi — Kristian Vyeri va Luka Toni bilan taqqosladi.

«Espozito gol urishga juda chanqoq va doimo o‘ynashni istaydi. Bu jihatdan u alohida futbolchi. Yana bir necha yildan keyin u sheriklarini ham o‘yinga oson jalb qila oladigan kuchli markaziy hujumchiga aylanishi mumkin — xuddi Vyeri, Toni va shu tipdagi boshqa forvardlar kabi.

O‘yin uslubi bo‘yicha u Vyeriga unchalik o‘xshamaydi, balki Tonini ko‘proq eslatadi. Ammo uning texnikasi va o‘yin sifatlarini hisobga olsak, u bemalol buyuk hujumchiga aylanishi mumkin», — dedi Manchini.

Eslatib o‘tamiz, «Inter» futbolchisi Turkiyaga qarshi uchrashuvda Italiyaning uchinchi golini urdi.

Kiritildi: 05:26, 06.10.2026.
O'qildi: 349 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик