«Barselona» prezidentligiga sobiq nomzod Toni Freysha Madridning «Real» klubi rahbari Florentino Peres yaqin vaqt ichida o‘z lavozimini tark etishi mumkin, deb hisoblamoqda.
«Qirollik klubi»ning amaldagi prezidenti 2009 yildan buyon ushbu lavozimda ishlab kelmoqda.
«Men Peres mavsum yakunlanganidan keyin «Real»ni tark etishini kutyapman. Ular oxirgi marta ketma-ket uch mavsum sovrinsiz qolganida ham Florentino iste’foga chiqqan edi. Menimcha, bu safar ham xuddi shu holat takrorlanadi», — dedi Freysha.
Ayni paytda «Barselona» La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va «Real»dan olti ochko oldinda bormoqda.
Florentino Peres iyun oyida «Real» prezidenti lavozimiga 2030 yilgacha qayta saylangan edi.













