Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Rayan Sherki Millatlar ligasida Belgiya ustidan 4:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng jamoadagi muhit va Maykl Olise bilan munosabati haqida fikr bildirdi.
«Ayrimlar nima deyishidan qat’i nazar, Maykl bilan munosabatimiz haqiqatan ham juda yaxshi. Matbuotda futbolchilar haqida yoziladigan har bir gapga ishonish kerak emas.
Bunday yaxshi muhit hukm surgan jamoani kam ko‘rganman. Bu yerda o‘ynashdan zavq olasan va bu maydonda ham yaqqol seziladi.
Biz uchrashuv oson bo‘lmasligini bilardik. Maykl bilan mas’uliyatni o‘z zimmamizga olishni istadik. Bunday kunlarda futboldan faqat zavq olish kerak», — dedi Sherki.
Futbolchi o‘zi urgan gol haqida ham gapirdi.
«Ha, golim barchani, birinchi navbatda o‘zimni bosimdan biroz xalos qildi. Men o‘ynaydigan pozisiya har bir uchrashuvni yuqori saviyada va to‘liq o‘tkazishni talab qiladi. Futbolni yaxshi tushunadiganlar buni biladi.
Men barqaror o‘ynashim, ikkinchi to‘plar uchun kurashda faol bo‘lishim kerak», — dedi u.
Fransiya terma jamoasi 10 ochko bilan o‘z guruhida birinchi o‘rinni egallab turibdi.













