Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Modrich 0:7 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Xorvatiya nimani o‘zgartirishi kerakligini aytdi

Modrich 0:7 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Xorvatiya nimani o‘zgartirishi kerakligini aytdi

Baho:
+ | -

Xorvatiya terma jamoasi sardori Luka Modrich Angliyadan 0:7 hisobidagi yirik mag‘lubiyatdan so‘ng jamoaning holati haqida fikr bildirdi.

Yarim himoyachi Millatlar ligasidagi navbatdagi uchrashuv oldidan xorvatiyaliklar qaysi jihatlarda o‘z o‘yinini yaxshilashi kerakligini aytdi.

«Avvalo, ruhiy tayyorgarlik, jipslik, fidoyilik, jangovorlik va tajovuzkorlik borasida kuchayishimiz kerak.

Futbolda ham, hayotda ham ko‘tarilishlar va pasayishlar bo‘lib turadi. Endi boshimizni ko‘tarib, haqiqiy kuchimizni ko‘rsatishimiz kerak», — dedi Modrich matbuot anjumanida.

Xorvatiya va Ispaniya terma jamoalari 6 oktyabr kuni Split shahrida o‘zaro bahs olib boradi. Millatlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan uchrashuv «Polyud» stadionida o‘tkaziladi.

Kiritildi: 05:54, 06.10.2026.
O'qildi: 518 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик