Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Biksant Lizarazyu Portugaliya milliy jamoasidan amalda chetlatilgan Krishtianu Ronalduning hozirgi muammolari haqida fikr bildirdi.
«Uning egosi barcha rekordlarni yangilash uchun telbalarcha mehnat qilishga undardi. Ammo shunday bir payt keladiki, aynan shu xususiyat sening eng katta dushmaningga aylanadi.
Ilgari bu sening kuchli tomoning edi, endi esa eng ashaddiy dushmaning bo‘lib qoladi. Yosh o‘tgani sari oxir-oqibat «fillar qabristoni»ga tushib qolasan — bunga ishonchim komil», — dedi Lizarazyu.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 2003 yildan buyon to‘p surib kelgan.













