«Renn» va Fransiya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Esteban Lepol faoliyatini Portugaliya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, fransuz futbolchisini Lissabonning «Benfika» klubi o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Burgutlar» rahbariyati transferni amalga oshirish uchun faol ish olib bormoqda.
«Renn» o‘z futbolchisini 50–60 million yevroga baholamoqda. Lepolning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda Liga 1 doirasida Lepol beshta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi. Ulardan biri penaltidan kiritilgan.













