Britaniyalik jurnalist Pirs Morgan yana bir bor "Real" va "Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronalduni futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi deb hisoblashini aytdi.
"Ronaldu — tarixdagi eng yaxshi futbolchi. Bunga 100 foiz ishonaman. U Messi va Maradonadan ham yaxshiroq. Diyego Armando esa tarixdagi eng yaxshi argentinalik futbolchi. Krishtianu jahon chempionatini yutmaganmi? Xo‘sh, nima bo‘pti?" — dedi Morgan Football Uncensored YouTube kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida Yevropa chempionati va Millatlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.
Ayni paytda portugaliyalik yulduz klub miqyosida Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" jamoasi sharafini himoya qilmoqda.













