«Kristal Pelas» rahbariyati yarim himoyachi Ismaila Sarrning vakillari bilan hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.
28 yoshli senegallik vingerning «burgutlar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozida yakunlanadi. Uning transfer qiymati 45 million yevroga baholanmoqda.
Avvalroq matbuotda Sarrga «Liverpul» qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. «Qizillar» o‘tgan yozda afrikalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni istagan, ammo transfer amalga oshmagan.
Joriy Angliya Premyer-ligasi mavsumida vinger bor-yo‘g‘i bitta uchrashuvda maydonga tushdi.













