Niderlandiyalik yarim himoyachi Frenki de Yong kataloniyalik «Barselona» tarkibiga qaytishga yaqin. Bu haqda Mundo Deportivo jurnalistlari xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, yarim himoyachi «ko‘k-anorranglilar»ning umumiy guruhida mashg‘ulotlarni qayta boshlagan. Bunga qadar u individual dastur asosida shug‘ullanib kelgan. Frenki qariyb to‘rt oylik tanaffusdan so‘ng birinchi marta jamoadoshlari bilan birga mashg‘ulot o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, de Yong 2026 yilgi jahon chempionatida olgan tizza jarohati sabab safdan chiqqan edi. Futbolchi operasiyadan voz kechib, konservativ davolanish kursidan o‘tgan.
La Liganing yetti turi yakunlariga ko‘ra, «Barselona» 21 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.













