Jovanni Malago vaqtincha Italiya futbol federasiyasi (FIGC) prezidenti hisoblanmaydi, ammo federasiyadagi rahbarlik lavozimida qolmoqda. Bu haqda L'Equipe xabar berdi.
6 oktyabr, seshanba kuni Milliy olimpiya qo‘mitasi ijroqo‘mi avvalgi prezidentlik saylovlarida yo‘l qo‘yilgan prosessual xato tufayli FIGCni tashqi nazorat ostiga olishga qaror qildi.
Eslatib o‘tamiz, Malago 22 iyun kuni FIGC rahbari etib saylangan edi. Biroq unda federasiya tomonidan berilgan tegishli lisenziya bo‘lmagan va shu sababli u mazkur lavozimga nomzodini qo‘yish huquqiga ega emas edi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, tashqi boshqaruv joriy etilganidan so‘ng Malago FIGC prezidenti maqomini yo‘qotdi. Shunga qaramay, u zudlik bilan federasiyaning "favqulodda komissari" etib tayinlandi.
Bu qaror Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Luchano Buonfilyo tomonidan qabul qilindi va ijroiya qo‘mitasi hamda direktorlar kengashi tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Malagoning asosiy vazifasi 2027 yil 31 yanvarga qadar yangi prezidentlik saylovlarini tashkil etishdan iborat bo‘ladi. U ushbu saylovda yana o‘z nomzodini qo‘yishi mumkin.
Italiyaning bir qator OAVlari ma’lumotiga ko‘ra, Malago yangi saylovda hatto yagona nomzod bo‘lib qolishi ham mumkin.













