"Liverpul" va "PSJ" Angliya Premyer-ligasining moliyaviy qoidalari buzilgani uchun "Manchester Siti"ga ehtimoliy sanksiyalar qo‘llanishi fonida jamoaning hujumkor yarim himoyachisi Rayan Sherkiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, agar "Manchester Siti" jazolansa, klub Sherkini o‘zi uchun maqbul narx evaziga sotuvga qo‘yishda ikkilanmaydi. Bu qishki yoki yozgi transfer oynasida sodir bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, 23 yoshli futbolchining vaziyatini Madridning "Real" va "Chelsi" klublari ham diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Joriy mavsumda Sherki barcha musobaqalar doirasida 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, Sherkining bozor qiymati 90 million yevroga baholanmoqda.













