Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Neymar Messiga murojaat qildi: "Sen bilan tarix yaratish men uchun sharaf edi"

Neymar Messiga murojaat qildi: "Sen bilan tarix yaratish men uchun sharaf edi"

Baho:
+ | -

Taniqli braziliyalik futbolchi Neymar yaqin vaqt ichida Argentina terma jamoasi safidagi xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazadigan, "Barselona" va "PSJ"dagi sobiq jamoadoshi Lionel Messiga murojaat qildi.

"Futbolni sevadigan har bir inson shu yillar davomida sening o‘yiningdan zavq oldi... Bugun sening milliy terma jamoang, o‘z yurting libosidagi so‘nggi o‘yining. Umid qilamanki, har bir soniyadan zavq olasan va bugun senga ko‘rsatiladigan barcha hurmat-ehtirom seni baxtli qiladi.

Senga faqat Argentina emas, futbol uchun qilgan barcha ishlaring tufayli butun dunyo minnatdor.

Futbolni yanada ko‘proq sevishimga sabab bo‘lganing uchun rahmat. Senga qarshi o‘ynash va sen bilan birga tarix yaratish men uchun katta sharaf edi", — deb yozdi Neymar.

39 yoshli Messi Benin terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bu bahs uning Argentina milliy terma jamoasi libosidagi so‘nggi o‘yini bo‘ladi.

Uchrashuv 7 oktyabrga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. Bosh hakamning start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da chalinadi.

Kiritildi: 23:05, 06.10.2026.
O'qildi: 418 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик