"Lion" mavsum yakunlanganidan so‘ng belgiyalik hujumchi Loi Opendani "Yuventus"dan to‘liq sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Sasha Tavolyeri xabar berdi.
Fransiya klubi Opendani ijaraga olish uchun 3 million yevro to‘lagan. Biroq amaldagi kelishuvda futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi nazarda tutilmagan.
Tavolyerining ma’lum qilishicha, Opendaning doimiy transferi "Lion"ning joriy mavsumdagi natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Xususan, agar jamoa Liga 1da muvaffaqiyatli ishtirok etib, Chempionlar ligasiga yo‘llanma olsa, fransuz klubi hujumchini sotib olish bo‘yicha taklif bilan chiqishi mumkin.
Openda "Lion" safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ayni paytda "Lion" Liga 1 turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va peshqadam "Monako"dan 2 ochko ortda qolmoqda.













