Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Di Mariya: "Messini baxtli va xotirjam ko‘rish biz uchun quvonch"

Di Mariya: "Messini baxtli va xotirjam ko‘rish biz uchun quvonch"

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Anxel Di Mariya Lionel Messining milliy jamoa safidagi xayrlashuv uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

39 yoshli hujumchi Argentina terma jamoasi safidagi so‘nggi o‘yinini Beninga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida o‘tkazadi. Bahs 7 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da boshlanadi.

"Bugun suratlar va videolarni ko‘rdim. U bor kuchini berganini bilib, uni shunchalik baxtli va xotirjam holda ko‘rish biz uchun quvonchli. Shuning uchun u bu lahzadan zavq olishi kerak, biz esa unga umrimizning oxirigacha minnatdor bo‘lishimiz lozim.

Men unga o‘yin oldidan ko‘rishishimizni aytdim. Men chetdan kuzataman va barcha argentinaliklar kabi bu manzaradan zavq olaman.

Biz ko‘p yillarni birga o‘tkazganimizni bilaman. Men uchun Diyego Maradona qo‘l ostida mashg‘ulot o‘tkazish va men tarixdagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblaydigan Leo bilan birga o‘ynash katta sharaf edi", — dedi "Rosario Sentral" futbolchisi.

Kiritildi: 23:26, 06.10.2026.
O'qildi: 712 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик