Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Millatlar ligasi: Angliya «Uembli»da Chexiyani yirik hisobida yengdi (Videosharh)

Millatlar ligasi: Angliya «Uembli»da Chexiyani yirik hisobida yengdi (Videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqichi 4-turida Chexiyani 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv Londondagi «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tdi.

27-daqiqada Chexiya himoyachisi Vladimir Soufal o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi. Keyin esa Xarri Keyn ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dubl qayd etdi.

Ushbu bahs Keyn uchun Angliya terma jamoasi safidagi 125-o‘yin bo‘ldi. Shu tariqa, u milliy jamoa tarkibida o‘tkazilgan uchrashuvlar soni bo‘yicha sobiq darvozabon Piter Shiltonning rekordini takrorladi.

G‘alabadan so‘ng Angliya 9 ochko bilan A ligasi 3-guruhida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Chexiya esa to‘rtala uchrashuvda ham mag‘lubiyatga uchrab, so‘nggi pog‘onada qolmoqda.

Guruhda 12 ochko jamg‘argan Ispaniya peshqadamlik qilmoqda. Xorvatiya esa 3 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Terma jamoalar Millatlar ligasidagi navbatdagi uchrashuvlarini noyabr oyida o‘tkazadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 04:40, 07.10.2026.
O'qildi: 296 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик