Tajribali avstriyalik futbolchi David Alaba Italiyaning «Udineze» klubidagi yangi jamoadoshlari bilan tanishdi va kutilmagan transferi haqida fikr bildirdi.
«Avvalo, meni iliq kutib olgan barchaga minnatdorlik bildirmoqchiman. Birinchi kundanoq o‘zimni juda qulay his qildim va bu menga katta yordam berdi.
Murabbiy bilan bir necha bor suhbatlashdim. U menga loyiha haqida gapirib berdi va ishonch bag‘ishladi. Men qarorni shoshilib qabul qilmadim — hammasini yaxshilab o‘ylab chiqdim va yakunda bu men uchun eng to‘g‘ri yo‘l ekanini angladim.
A Seriya — men anchadan beri o‘z kuchimni sinab ko‘rishni xohlab kelgan chempionat. Nihoyat bunday imkoniyatga ega bo‘lganimdan xursandman», — deya Alabaning so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, David Alaba faoliyati davomida «Bavariya» va «Real» kabi klublar sharafini himoya qilgan.













