Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Mikel Merinoni o‘z pozisiyasida dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri deb atadi.
Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Millatlar ligasi guruh bosqichida Xorvatiyaga qarshi 2:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda Ispaniyaga navbatdagi g‘alabani keltirdi. Jamoasi 0:1 hisobida ortda borayotgan paytda Merino dubl qayd etdi.
«Sizlarga shuni aytaman: bizda o‘z pozisiyalarida dunyodagi eng yaxshi futbolchilar bor va Mikel ham ulardan biri. U dunyoning istalgan jamoasida o‘ynay oladi», — deya De la Fuentening so‘zlarini Marca keltirdi.
Merino klub miqyosida 2026/27 yilgi mavsumda yettita o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan. Futbolchi Ispaniya terma jamoasi safida jahon chempioni hisoblanadi.













