Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Ispaniya Xorvatiyadagi omadsiz seriyasiga nuqta qo‘ydi

Ispaniya Xorvatiyadagi omadsiz seriyasiga nuqta qo‘ydi

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi g‘alabali yurishini Millatlar ligasida ham davom ettirmoqda. Xorvatiya ustidan 2:1 hisobida qozonilgan g‘alaba ispaniyaliklar uchun ketma-ket o‘ninchi muvaffaqiyat bo‘ldi.

Shu bilan birga, mazkur natija Ispaniya uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi. Ispanlar o‘z tarixida ilk bor Xorvatiyani uning maydonida mag‘lub etishdi.

Bu statistika ma’lum ma’noda Xorvatiya terma jamoasining tarixi nisbatan qisqa ekani bilan ham bog‘liq. Xorvatiya milliy jamoasi mustaqil terma sifatida 1990-yillarning o‘rtalaridan boshlab xalqaro maydonda ishtirok etib kelmoqda.

Ayni paytda Ispaniya kamida ikki marta safarda o‘ynagan, ammo hali biror marta g‘alaba qozona olmagan atigi to‘rtta terma jamoa qoldi. Bular — Niderlandiya, Shvesiya, Argentina va Serbiya terma jamoalaridir. Bu statistikaga o‘rtoqlik uchrashuvlari ham kiritilgan.

Kiritildi: 05:33, 07.10.2026.
O'qildi: 1234 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик