Ispaniya terma jamoasi Angliyadan 0:7 hisobidagi og‘ir mag‘lubiyatdan keyin o‘zini oqlashga intilgan Xorvatiyani qiyinchilik bilan mag‘lub etdi. Bu g‘alaba jahon va Yevropa chempioni uchun ketma-ket o‘ninchi muvaffaqiyat bo‘ldi.
Ispaniyaning g‘alabali seriyasi jahon chempionati vaqtida, jamoa dastlabki turda Kabo-Verdeni mag‘lub eta olmaganidan keyin boshlangan.
Luis de la Fuente shogirdlari uchun bu 2010 yildan beri eng yaxshi g‘alabali seriya hisoblanadi. O‘sha yili Ispaniya terma jamoasi ketma-ket 12 ta uchrashuvda g‘alaba qozongan edi.
O‘sha seriya 2010 yilgi jahon chempionatining birinchi o‘yinida to‘xtagan. Keyinchalik musobaqa g‘olibiga aylangan Ispaniya kutilmaganda Shveysariyaga mag‘lub bo‘lgan edi.













