Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini yaqinda yana milliy jamoa boshqaruviga qaytdi. Jurnalistlar undan 2021 yilda Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan avvalgi jamoadan kimni eng ko‘p sog‘inishini so‘rashdi.
«U menga ketmasligimni aytgan bo‘lardi va bugun hammamiz bilan birga shu yerda bo‘lardi. Biz aka-ukadek edik. Janluka doimo biz bilan qoladi», — deya Roberto Manchinining so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasini bunga qadar Jennaro Gattuzo boshqargan. Ammo uning qo‘l ostida italiyaliklar Bosniya terma jamoasiga Zenisadagi dramatik bahsda mag‘lub bo‘lib, jahon chempionatiga yo‘llanma ola olmagan edi.













