Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Messi ketma-ket 4-o‘yinda gol urdi. Ronalduning golsiz seriyasi 3 ta o‘yinga yetdi

Messi ketma-ket 4-o‘yinda gol urdi. Ronalduning golsiz seriyasi 3 ta o‘yinga yetdi

Baho:
+ | -

Bugun 39 yoshli hujumchi Argentina terma jamoasi safidagi xayrlashuv uchrashuvida — Beninga qarshi (3:0) penaltini aniq amalga oshirdi. Shuningdek, uning hisobida ikkita golli uzatma bor.

Bunga qadar «Inter Mayami» futbolchisi MLSda «Kolambus» (1:2), «San-Diyego» (2:2) va «Neshvill» (2:2)ga qarshi o‘yinlarda bittadan gol urgan edi.

«An-Nasr» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning esa golsiz seriyasi 3 ta o‘yinga yetdi.

So‘nggi uchrashuvda 41 yoshli futbolchi Millatlar ligasida Norvegiyaga qarshi (2:1) o‘yinni zaxirada o‘tkazdi. Bunga qadar u Uels (1:0), «Al-Ayn» (0:4, Osiyo chempionlar ligasida) va «Al-Xalidj» (1:1, Saudiya Arabistoni chempionatida)ga qarshi uchrashuvlarda ham gol ura olmagan.

Kiritildi: 06:58, 07.10.2026.
O'qildi: 301 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик