Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini rasman yakunladi

Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini rasman yakunladi

Baho:
+ | -

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi.

Argentina — Benin uchrashuvi 3:0 hisobida yakunlandi. Otamendi 48-daqiqada, Pas 61-daqiqada, Messi esa 71-daqiqada gol urdi.

39 yoshli argentinalik yulduz terma jamoa safidagi xayrlashuv uchrashuvini Buenos-Ayresdagi «Monumental Antonio Vespuchchi Liberti» stadionida Beninga qarshi o‘tkazdi. Argentina raqibini 3:0 hisobida mag‘lub etdi, Messi esa gol urib, golli uzatma amalga oshirdi.

Messi Argentina terma jamoasidagi debyutini 2005 yil avgust oyida Vengriyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida o‘tkazgan. U argentinaliklar safida jami 208 ta o‘yinda 126 ta gol va 69 ta golli uzatma qayd etdi. Terma jamoa bilan 2022 yilgi Jahon chempionati, 2021 va 2024 yillardagi Amerika Kubogi hamda 2022 yilgi Finalissimada g‘olib bo‘ldi.

Kiritildi: 07:01, 07.10.2026.
O'qildi: 461 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик