Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Jerom Roten Olise nega Yamaldan ustun ekanini tushuntirdi

Jerom Roten Olise nega Yamaldan ustun ekanini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi va «PSJ»ning sobiq futbolchisi Jerom Roten Fransiya terma jamoasi hamda «Bavariya» vingeri Maykl Olisening o‘yini haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Olise — sehrgar. Unda boshqa hech kimda yo‘q jihat bor. Uning Millatlar ligasida ikki kun oldin maydonga tushib, o‘yin taqdirini o‘zgartirganini ko‘rdik. Bu uning terma jamoa uchun qanchalik muhim ekanini ko‘rsatadi. U bizning yetakchimiz, eng yaxshi futbolchimiz.

Albatta, unda aqlbovar qilmas texnika bor. Ammo uni o‘ziga xos qiladigan jihat — jamoaviy ruhi va maydonda jamoasi uchun qilayotgan harakatlari. Hozir Olise va Yamal bor — ikkalasi ham sehrgar. Hatto Olise Yamaldan ustun, deb o‘ylayman, chunki u jamoa uchun ko‘proq harakat qiladi va jismonan ustunroq futbolchi. U — haqiqiy gavhar, Fransiyada unga g‘amxo‘rlik qilishlari kerak», — dedi Roten o‘z podkastida.

Maykl Olise Fransiya terma jamoasi safida 17 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urgan va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 08:01, 07.10.2026.
O'qildi: 685 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик