Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Lionel Messining milliy jamoadagi xayrlashuv uchrashuvida nega ko‘z yoshlarini tiya olmaganini tushuntirdi.
"U bizga uning yonida bo‘lish imkoniyatini bergani uchun undan cheksiz minnatdormiz. Ko‘z yoshlarimmi? O‘sha paytda xayolimdan juda ko‘p fikrlar va xotiralar o‘tdi. Uni endi terma jamoada ko‘rmasligimizni o‘ylab, juda g‘amgin bo‘ldim. U bizga beqiyos meros qoldirmoqda", — deya Skalonining so‘zlarini Ole keltirdi.
Mutaxassis Argentina terma jamoasi, albatta, o‘z yo‘lida davom etishini, ammo Messi kabi futbolchi boshqa bo‘lmasligini ham ta’kidladi.
Beninga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Argentina 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Messi maydonda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi va jamoasining barcha uchta golida ishtirok etdi: bir marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi va ikkita golli uzatma berdi.













