Lionel Messi Argentina terma jamoasi safidagi xayrlashuv uchrashuvidan so‘ng milliy jamoadagi sheriklariga murojaat qildi.
"Terma jamoada birga o‘ynagan barcha sheriklarimga rahmat aytmoqchiman. Ular menga orzumni amalga oshirish va jahon chempioni bo‘lishimga yordam berishdi. Shuningdek, biz birgalikda Finalissima va Amerika kubogida ham g‘olib bo‘ldik.
Bu yo‘lni ular bilan birga bosib o‘tish men uchun katta sharaf edi. Yonimda doimo g‘alabamiz uchun borini berishga tayyor haqiqiy jangchilar borligini bilardim", — deya 39 yoshli futbolchining so‘zlarini TyC Sports keltirdi.
Xayrlashuv uchrashuvida Argentina terma jamoasi Beninni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Messi mazkur bahsda bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.













