Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

"Chelsi", "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" braziliyalik iqtidorga qiziqmoqda

"Chelsi", "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" braziliyalik iqtidorga qiziqmoqda

Baho:
+1 | -

"Palmeyras"ga tegishli hujumkor yarim himoyachi Eduardo Konseysao Angliya chempionatining bir qator top-klublari e’tiboriga tushgan. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 16 yoshli iqtidorli futbolchining rivojlanishini "Chelsi", "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" kuzatib bormoqda.

O‘tgan yozda ehtimoliy xaridorlar "Palmeyras"ga Konseysao uchun taxminan 25 million yevro taklif qilgan, ammo Braziliya klubi bu taklifni rad etgan.

"Palmeyras" yosh futbolchining kelajakdagi transferini kamida 50 million yevroga baholamoqda.

Konseysaoning amaldagi shartnomasi 2029 yil yanvar oyiga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:50, 07.10.2026.
O'qildi: 841 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик