"Milan" yarim himoyachisi Luka Modrich Lionel Messining Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlash qaroriga munosabat bildirdi.
Avvalroq 39 yoshli hujumchi Argentina terma jamoasi safidagi xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazgan edi. 7 oktyabr kuni Lionel Skaloni shogirdlari Beninni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Messi ushbu bahsda bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
"Albatta, afsus. Ammo bu uning qarori va uni hurmat qilish kerak. U juda qattiq istagan jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Uni tomosha qilish katta zavq edi", — deya Modrichning so‘zlarini El Larguero keltirdi.
Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida 208 ta uchrashuv o‘tkazib, 126 ta gol urdi va 69 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













