"Bavariya" va Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish ehtimoli haqida fikr bildirdi.
"Menimcha, har bir futbolchi dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishni istaydi. Bunday sovrinlar orqali e’tirof etilish — eng yoqimli hislardan biri", — deya Keynning so‘zlarini jurnalist Fabrisio Romano keltirdi.
Joriy mavsumda 33 yoshli Keyn barcha musobaqalar hisobida yettita uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
2025/26 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha "Oltin to‘p"ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. Keyn ushbu sovrin uchun asosiy da’vogarlardan biri sifatida qayd etilmoqda.













