Angliya terma jamoasi Millatlar ligasi 4-turida Chexiyani 3:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, Tomas Tuxel Angliya terma jamoasi tarixida 20 ta g‘alabaga eng tez erishgan murabbiyga aylandi. Nemis mutaxassisi bu natijani 26 ta uchrashuvda qayd etdi.
53 yoshli Tuxel 2025 yil yanvar oyidan buyon Angliya terma jamoasini boshqarib kelmoqda.













