Florian Plettenberg ma’lumotiga ko‘ra, "Bayer" himoyachisi Jarell Kuansa 2027 yilda katta transfer kurashining markazida qolishi mumkin.
Angliya terma jamoasi futbolchisining kelasi yili Bundesliga klubini tark etish ehtimoli yuqori. Manbaga ko‘ra, bu yo‘nalishda allaqachon yashirin jarayonlar boshlangan.
Kuansaga Angliya Premyer-ligasining "Chelsi", "Arsenal" va "Liverpul" klublari qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, "Real" ham futbolchini jiddiy kuzatib bormoqda.
"Liverpul" o‘z akademiyasi tarbiyalanuvchisi uchun kurashda ma’lum ustunlikka ega. Mersisaydliklar 2027 yil 15 iyunga qadar amal qiladigan 70 million yevrolik qayta sotib olish bandiga ega.
Shu bois, agar Kuansa yozgi transferlar oynasining dastlabki ikki haftasida ketadigan bo‘lsa, uning ehtimoliy narxi 70 million yevro atrofida bo‘lishi mumkin.
Shundan keyin esa "Bayer" futbolchi uchun ancha yuqori summa talab qilishi kutilmoqda.













