Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

«Real», «Barselona» va «Manchester Siti» «Ayntraxt»ning 15 yoshli futbolchisini kuzatmoqda — Sky

«Real», «Barselona» va «Manchester Siti» «Ayntraxt»ning 15 yoshli futbolchisini kuzatmoqda — Sky

Baho:
+ | -

Frankfurtning «Ayntraxt» klubida to‘p tepayotgan 15 yoshli yarim himoyachi Niko Ilichevich qator yetakchi Yevropa klublarining e’tiborini tortdi. Sky Sport Germany xabariga ko‘ra, yosh iqtidorning rivojlanishini Madridning «Real»i, «Barselona» va «Manchester Siti» kabi klublar kuzatib bormoqda.

Ilichevichga Italiyaning «Milan» va «Inter» klublari ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. Manbaga ko‘ra, «Ayntraxt» Germaniya U17 terma jamoasi futbolchisiga professional shartnoma taklif qilish va uni uzoq muddatli kelishuv bilan jamoada olib qolishni rejalashtirmoqda. Klub shu orqali futbolchi uchun aniq sport istiqbollarini belgilab bermoqchi.

Xabarlarga ko‘ra, jiddiy raqobatga qaramay, «Ayntraxt» o‘z imkoniyatlarini yuqori baholamoqda. Klub nafaqat Ilichevich bilan shartnomani uzaytirishni, balki yaqin vaqt ichida uni asosiy jamoaga olib kelishni ham rejalashtirmoqda.

31 oktyabr kuni futbolchi 16 yoshga to‘ladi. Shundan so‘ng u professional jamoa tarkibida maydonga tushish huquqiga ega bo‘ladi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 22:38, 07.10.2026.
O'qildi: 633 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик