Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

"Bavariya" Luis Diasga raqobatchi olib kelishni rejalashtirmoqda

"Bavariya" Luis Diasga raqobatchi olib kelishni rejalashtirmoqda

Baho:
+ | -

Avvalroq Bild va nashrning futbol bo‘limi rahbari Kristian Falk "Bavariya" Luis Diasga chap qanotda zaxira va raqobatchi bo‘la oladigan futbolchini sotib olish imkoniyatini o‘rganayotgani haqida xabar bergan edi.

Endi Sky jurnalisti Florian Plettenberg Mia san vier podkastida myunxenliklar haqiqatan ham shunday rejaga ega ekanini tasdiqladi.

Plettenberg ma’lumotiga ko‘ra, "Bavariya" chap qanot pozisiyasini kuchaytirish uchun allaqachon jiddiy ish olib bormoqda. Bu transfer qishda amalga oshadimi yoki yozga qoldiriladimi — hozircha aniq emas.

Shu bilan birga, jurnalist yangi futbolchini olib kelish klubga katta mablag‘ga tushishini ta’kidladi.

Plettenbergning aytishicha, hozir parda ortida olib borilayotgan barcha ishlar "Bavariya"ning yozda yirik transfer amalga oshirishiga qaratilgan.

Myunxenliklar yanvarda haddan tashqari katta xarajat qilishni istamayapti va asosiy mablag‘ni yozgi transferlar oynasi uchun saqlab qolishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 23:04, 07.10.2026.
O'qildi: 1216 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик