Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Messi: «Men Maradonani unutishni istamayman»

Messi: «Men Maradonani unutishni istamayman»

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi afsonaviy argentinalik futbolchi Diyego Maradonani yodga olib, uning milliy jamoa tarixidagi hissasini ta’kidladi.

«Men Diyegoni unutishni istamayman. U mamlakatimizni munosib bo‘lgan darajaga olib chiqqan inson. U biz bilan birga bo‘lgan paytda bizga yordam berganini bilaman. U hatto osmondan turib ham har bir qadamimizda bizga yordam berishda davom etdi», — deya Messining so‘zlarini Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida keltirdi.

Maradona 2020 yil 25 noyabr kuni 60 yoshida vafot etgan. U Argentina terma jamoasi safida 1986 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan, shuningdek, 1990 yilgi jahon chempionatida jamoani finalga olib chiqqan.

Messi esa 2022 yilda Argentina bilan jahon chempioni bo‘ldi. Bu Maradona boshchiligidagi jamoa triumfidan 36 yil o‘tib amalga oshdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:59, 08.10.2026.
O'qildi: 884 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик