Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

«France Football» sobiq muharriri Ronaldu uni yolg‘onchi qilib ko‘rsatganini aytdi

«France Football» sobiq muharriri Ronaldu uni yolg‘onchi qilib ko‘rsatganini aytdi

Baho:
+ | -

«France Football» jurnali sobiq bosh muharriri Paskal Ferre Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan ommaviy mojarosi haqida gapirdi. 2021 yilda Ferre Ronalduning orzusi «Oltin to‘p»lar soni bo‘yicha Messidan o‘zib ketish bo‘lganini aytgan edi. Ronaldu esa bu gaplarni yolg‘on deb atab, uning maqsadi Messi bilan raqobatlashish emas, balki sovrinlarni qo‘lga kiritish ekanini ta’kidlagan.

«O‘sha paytda biz turli ommaviy axborot vositalariga bir nechta intervyu berib, “Oltin to‘p” haqida gapirayotgandik. Men The New York Times nashriga bergan intervyumda Krishtianuning orzusi “Oltin to‘p”lar soni bo‘yicha Messidan o‘zib ketish ekanini aytdim.

Menimcha, bunday qilish unchalik to‘g‘ri bo‘lmagan, ehtimol, bu haqda jim turganim ma’qul edi. Ammo uning juda ambisiyali va raqobatbardosh inson ekani ham sir emas edi.

U menga hech narsa demadi, ammo keyin ijtimoiy tarmoqlarda menga javob qaytardi. Rostini aytsam, uning millionlab obunachilari oldida men yolg‘onchiga o‘xshab qoldim. Ammo hechqisi yo‘q, oxir-oqibat», — deya Ferrening so‘zlarini Marca keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 30 sentyabr kuni Portugaliya terma jamoasi qarorgohini tark etgan. Futbolchi va bosh murabbiy Jorje Jezush o‘rtasidagi kelishmovchiliklar Millatlar ligasida Norvegiyaga qarshi o‘yindan (2:1) keyin yuzaga kelgan. O‘sha bahsda Ronaldu 18 yil ichida ilk bor terma jamoaning rasmiy o‘yinini to‘liq zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:30, 08.10.2026.
O'qildi: 931 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик