Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

"Men ham shunday vaziyatda ketganman" — Jerrard Saloh haqida fikr bildirdi

"Men ham shunday vaziyatda ketganman" — Jerrard Saloh haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

"Liverpul"ning mashhur sobiq yarim himoyachisi Stiven Jerrard o‘tgan mavsum yakunlanganidan so‘ng klubni tark etgan Muhammad Saloh haqida fikr bildirdi.

Misrlik futbolchi "qizillar" safida to‘qqiz yil o‘ynaganidan keyin erkin agent sifatida jamoadan ketdi. Avgust oyida 34 yoshli futbolchi Turkiyaning "Trabzonspor" klubi bilan shartnoma imzoladi.

"Menimcha, har bir futbolchi faoliyatini uzoq yillar porlagan klubida albatta yakunlashi shart emas. Faoliyating oxirgi bosqichiga yaqinlashganda o‘yindan zavq olish, murabbiyning ishonchini his qilish va asosiy tarkibda maydonga tushishda davom etish juda muhim.

Men ham Brendan Rodjers davrida shunga o‘xshash vaziyatda qolganman. Hech qanday xafagarchilik bo‘lmagan, shunchaki men asosiy tarkibda o‘ynashni istaganman va shuning uchun ketganman", — deya Jerrardning so‘zlarini TEAMtalk keltirdi.

Jerrard Salohni "Liverpul" tarixidagi eng buyuk futbolchilar qatoriga qo‘shgan.

Stiven Jerrardning o‘zi ham 2015 yilda mersisaydliklar safini tark etib, "Los-Anjeles Gelaksi" klubiga o‘tgan edi.

Kiritildi: 09:59, 08.10.2026.
O'qildi: 413 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик