Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Zinedin Zidan qo‘l ostida Fransiya terma jamoasiga qaytdi.
"Uch ranglilar"ning yangi bosh murabbiyi yarim himoyachi uchun maydon markazida qulay rol topdi.
Cadena SER ma’lumotiga ko‘ra, Zidanning bu g‘oyasi "Real" vakillariga juda ma’qul kelgan. Madrid klubida Joze Mourinyu ham Kamavingadan xuddi shunday tarzda foydalanishi mumkin, deb hisoblashmoqda.
Eduardo Kamavinga Millatlar ligasining joriy mavsumida Fransiya terma jamoasining barcha to‘rtta uchrashuvida ishtirok etdi va ularning ikkitasini asosiy tarkibda boshladi.
23 yoshli futbolchi joriy mavsumda "Real" safida ham ikki marta asosiy tarkibda maydonga tushgan, yana to‘rt marta zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan.













