«Manchester Yunayted» akademiyasi tarbiyalanuvchisi Denni Drinkuoter afsonaviy murabbiy ser Aleks Fergyuson bilan bog‘liq qiziq voqeani esladi.
Angliyalik sobiq yarim himoyachi «qizil iblislar» akademiyasida tarbiya topgan bo‘lsa-da, klubning asosiy jamoasi safida birorta ham rasmiy uchrashuvda maydonga tushmagan.
Drinkuoter Truth or Padel dasturida ishtirok etib, yoshligida maosh masalasida Fergyuson bilan qanday kelishmovchilikka duch kelganini so‘zlab berdi.
«O‘shanda taxminan 18 yoshda edim. Adashmasam, birinchi yoki ikkinchi professional shartnomamni imzolayotgan paytim edi. Muzokaraga borganimda ser Aleks meni darhol joyimga o‘tqazib qo‘ygandi.
Gari Nevill mening nomimdan ikki marta muzokara o‘tkazdi. U yillik maoshimni 5 ming funtga oshirishga erishdi, ammo bu menga adolatsizdek tuyuldi.
Nevill yana bir bor men uchun muzokaraga kirdi, biroq hech narsa o‘zgarmadi.
Shunda men undan: «Adolat qani?» — deb so‘radim.
Gari esa: «Eh, Drinks, axir sen zaxira jamoasida o‘ynaysan-ku! Yana nimani kutyapsan?» — deb javob berdi.
Shundan keyin bosh murabbiyning oldiga o‘zim borishga qaror qildim. Ammo Fergyuson meni rosa koyib tashladi!» — deya Drinkuoterning so‘zlarini keltiradi «Gazeta.Ru» nashri.
Eslatib o‘tamiz, Denni Drinkuoter keyinchalik «Lester» safida faoliyat yuritib, 2015/16 yilgi mavsumda Angliya Premyer-ligasi chempioniga aylangan edi.













