Argentina milliy terma jamoasi futbolchilari Lionel Messini xalqaro faoliyatini yakunlash haqidagi qaroridan qaytarishga o‘ziga xos tarzda urinib ko‘rishdi.
39 yoshli hujumchining jamoadoshlari avtobusda ketayotgan vaqtda unga bag‘ishlab qo‘shiq kuylashdi. Futbolchilar shu orqali Messidan milliy terma jamoani tark etmaslikni va o‘z qarorini yana bir bor ko‘rib chiqishni so‘rashdi.
«Ketma! Yana bir bor o‘ylab ko‘r! Men sen uchun bor ovozim bilan kuylayman. Biz senga atab qo‘shiq aytishimiz kerak! Ketma! Yana bir bor o‘ylab ko‘r!» — deya kuylashdi argentinalik futbolchilar.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi 6 oktyabrdan 7 oktyabrga o‘tar kechasi Buenos-Ayresda Argentina terma jamoasi safidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi.
Beninga qarshi tashkil etilgan xayrlashuv bahsida mezbonlar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Messi ushbu o‘yinda bitta gol urib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi va jamoasining barcha gollarida bevosita ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasi safida jami 208 ta uchrashuv o‘tkazib, 126 ta gol urgan.













